Kontent qismiga oʻtish

Germaniya Demokratik Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
GDR bayrogʻi
GDR bayrogʻi
Asosiy maʼlumotlar
Rasmiy til nemis (de)
Poytaxti Sharqiy Berlin
Hududi 108 178 km
Aholisi 20.23 million (2024)
Aholi zichligi 155 kishi./km?
Pul birligi GDR markasi
Davlat madhiyasi Возрождённая из руин
Milliy bayrami 7-oktyabr
Tel. prefikslar +37 (ishlamaydi)
Internet-domeni .dd (foydalanilmagan)

GDR dunyo xaritasida
Lage der DDR

Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) – 7-oktyabr 1949-yilda Germaniyaning sovet qoʻshinlari tomonidan okkupatsiya qilingan hududlarida va Berlinning sharqiy (sovet) qismida tuzilgan sotsialistik davlat. Respublika 1990-yilning 2-dekabriga qadar mavud boʻlgan. Germaniya demokratik respublikasi (nemischa: Deutsche Demokratische Republik ), GDR —Markaziy Yevropadagi davlat (1990-yil 3-oktyabrgacha mavjud boʻlgan).

GDR Sharqiy Germaniya hududida 1949-yil 7-oktyabrda tashkil etildi. Uning poytaxti Berlin shahri edi. Germaniya Birlashgan sotsialistik partiyasi (GBSP, 1946-yilda tuzilgan) ikki raisidan biri V. Pik (ikkinchi raisi O. Groteval edi) bu davlatning prezidenti boʻldi. GDR sobiq SSSR boshchiligidagi Varshava shartnomasining faol aʼzolaridan boʻlgan. Tashqi siyosatda sobiq Sovet Ittifoqi izidan boradi. Ichki siyosatda xususiy mulkchilikni tugatib, sotsializm qurish niyatini eʼlon qiladi.

Avvaliga koʻpgina nemislar fashizmga qarshi boʻlgan oʻz davlatini barpo etishda bajonidil qatnashdi. Biroq, buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot, maxfiy politsiya va GBSPning tanho hukmronligi asta-sekin aholining bu davlatdan hafsalasini pir qila boshlaydi. Sotsialistik rejali xoʻjalik sobiq GDRdagi kishilarni shaxsiy tashabbus va mustaqillikdan batamom mahrum etadi, iqtisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlmish oʻrta qatlam tugatib yuboriladi, omilkorlik va mehnat faolligi falaj qilib qoʻyiladi. Iqtisodiyotdagi mehnat unumdorligi gʻarb andozalariga nisbatan past edi. 1979-yilda bu koʻrsatkich gʻarb darajasining 46% ni va 1989-yilda 30-40% ni tashkil etadi. Turmush darajasi, uy-joy taʼminoti past edi. Mana shularning hammasi GDR aholisining noroziligiga sabab boʻldi. Fuqarolarning GFRga qochib oʻtish hodisalari ommaviy tus oldi. Aholining ijtimoiy sohada koʻproq erkinlik berish va, nihoyat, gʻarbiy qardoshlar bilan birlashish haqidagi talablari kuchayib bordi. 1989-yil kuzida GDRda oʻtkir ijtimoiysiyosiy tanglik vujudga keldi. Berlinni va, umuman, nemis millatini ikkiga boʻlib turgan Berlin devori qulatildi. Natijada GBSP rahbariyati isteʼfoga chiqadi (1990-yil fevralda GBSP Demokratax sotsializm partiyasiga aylantiriladi).

Yangi hukumat Germaniyani birlashtirish masalalari yuzasidan GFR hukumati bilan muzokara boshladi. 1990-yil may va avgust oylarida imzolangan ikkita davlat shartnomasida GDRni GFRga qoʻshish shartlari bayon etildi. Oʻsha yil 12-sentyabrda Moskvada sobiq SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va ikkala Germaniya vakillari tomonidan Germaniya birligi masalasini uzil-kesil hal etish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolanadi. Unda Germaniyani birlashtirishga oid masalalarning butun majmui hal etib beriladi. GDR, OFR hokimiyat organi – Xalq palatasining qaroriga binoan 1990-yil 3-oktyabrda GDR GFRga qoʻshiladi va natijada yagona Germaniya davlati tashkil topadi.[1][2][3][4]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. http://www.ddr-im-www.de/
  3. http://ddr-geschichte.de/
  4. „arxiv nusxasi“. 2006-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 6-sentyabr.